UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / "OIV infeksiyasi profilaktikasi, yuqish yo'llari va uning oqibatlari" mavzusida seminar tashkil etildi.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari o'rtasida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida  Viloyat OITSga qarshi kurash markazi bo'lim mudiri Xodjaxanova.B ishtirokida "OIV infeksiyasi profilaktikasi, yuqish yo'llari va uning oqibatlari" mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida sog’lom turmush tarzini targ'ib qilish, sog’lom avlodni tarbiyalash bo’yicha hamda OIV bilan og'ringanlarning respublika bo'yicha raqamlardagi statistik ma'lumoti, davolash va undan saqlanish yo'llari haqida so’z bordi. Talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga soha mutaxassisidan kerakli javoblarni oldilar.

 

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz