UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Navro'zi ayyom muborak!


Navro'zi ayyom muborak!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida "Har kuning bo'lsin Navro'z jonajon O'zbekistonim" shiori ostida Navro'z sayli o'tkazildi. Saylda turlicha ko'ngilochar tadbirlar, sport musobaqalari va milliy taomlar ko'rgazmasi o'yin-kulguga boy tarzda  bo'lib o'tdi. Shu bilan bir qatorda doshqozonlarda milliy taomimiz bo'lgan sumalak va suzma palovlar ham pishirildi.

Sayl yakunida arqon tortish, mini-futbol, kamondon o'q otish kabi sport turlari bellashuvlari g'oliblari hamda bayram saylida har xil nominatsiyalar bo'yicha o'zlarining bir-biridan shirin taomlari bilan faol qatnashgan bir guruh talabalar filial rahbariyati tomonidan taqdirlandi!

Katta tantanalar bilan birgalikda urf-odatlarimiz va milliyligimizni o'zida mujassam etgan ushbu tadbir qatnashuvchilarning har biriga o'zgacha kayfiyat bag'ishladi

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz