UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / "Mas'uliyatli kasb egalarimiz"


TATU Urganch filialida 18-noyabrda "Mas'uliyatli kasb egalarimiz" shiori ostida Davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, ijtimoiy-siyosiy soha vakillari, filial tyutor va o'qituvchi-xodimlar ishtirokida “Deputat va tyutor”, “Ichki ishlar xodimi va tyutor”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, "Buyuk kelajagimizni bunyodkori bo'lgan yoshlarni tarbiyalaymiz" va boshqa mavzularda ochiq muloqot o'tkazildi.  

Uchrashuvda Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri I.Xajiyeva “Talabalar bilan ishlashning samarali usullari” mavzusida keng qamrovli va hayotiy misollar asosida ma'ruza qildi.

Ochiq muloqotda Xorazm viloyat Xalq deputatlari kengashi deputati Quryazov.U va Viloyat IIV voyaga yetmaganlar va yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektori, mayor Masharipov.I  yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, ularni siyosiy jarayonlarda faolligini oshirish haqida gapirib o’tdilar.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz