UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga! 

O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga 2021/2022-o‘quv yili magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarni tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan to‘lov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qat’iy amal qilgan holda qo‘shimcha qabul qilishga ruxsat berildi. 

Universitetning magistraturasiga qo‘shimcha qabul birinchi o‘quv yili uchun stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 
3 (uch) barobarida, abituriyentlarning ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etgan holda amalga oshiriladi;

Shuningdek, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan chin yetimlar, I, II guruh nogironligi bo‘lgan, «Temir daftar», «Yoshlar daftari», «Ayollar daftari»ga kiritilgan abituriyentlarni 2021/2022-o‘quv yilida ularning tanlagan mos mutaxassisligi bo‘yicha amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt summasi miqdoridagi to‘lov asosida qabul qilinadi.

@ubtuit_official

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz