
12-18 yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan filial direktor maslahatchisi X.Avazov bilan hamkorlikda filialda barcha oraliq va yakuniy imtihonlarni ochiqlik va shaffofligini ta’minlash, ushbu jarayonda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, filialdagi barcha (7 ta) kafedralarda professor-o‘qituvchilar orasida “Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti kushandasi” mavzusida profilaktik-tushuntirish tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlarda filial direktori o‘rinbosarlari, direktor maslahatchisi, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, jami 69 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
O‘tkazilgan profilaktik-tushuntirish tadbirlari natijalari bo‘yicha tegishli bayonnomalar rasmiylashtirildi va professor-o‘qituvchilar imzo qo‘yish orqali bayonnoma mazmuni bilan tanishtirildilar.