UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT TARG'IBOT TADBIRI


 

TATU Urganch filialida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida talabalar bilan targ'ibot uchrashuvi o‘tkazildi. 

Tadbir filial Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi O.Egamberganov, filial direktor maslahatchisi X.Avazov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. 

Tadbir boshlanishidan oldin mavzuga doir "Ayol qismati" kinofilmi namoyish qilindi. 

Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy hatarlar va ularni oldini olish masalalari, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha atroflicha so‘z yuritildi, hayotiy misollar keltirildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz