UNIVERSITET YANGILIKLARI

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 5 ta nominatsiya bo‘yicha har yili “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasining pedagog xodimlari ko‘rik-tanlovning:
“Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”;
“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra”;
“Eng yaxshi tyutor”;
“Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyalari bo‘yicha;
Talabalari uchun esa “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatlarni joriy yilning 5-oktabrigacha X.Davletov (https://t.me/xurshiddavletov) ga ariza bilan taqdim qilishingiz mumkin.
Tanlov nizomi ilova qilinadi.