UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Iqtidorli talabalar bizning faxrimiz!


 

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari ichidan eng iqtidorli, bilimga chanqoq, har sohada yetakchi va ilg'or talabalarni yil yakuniga qadar erishgan yutuqlari bilan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xorazm innovatsiya markazi xodimlari, filial o'qituvchi-professorlari,  iqtidorli talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Ushbu taqdirlash marosimida har xil yo'nalishlar bo'yicha filialimiz sharafiga sharaf qo'shib kelayotgan talabalar esdalik sovg'a va diplom, tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Kelgusida bunday talabalarimiz safi yanada kengayishiga va bu yoshlar boshqa talabalarga o'rnak bo'lishiga ishonamiz va qo'llab-quvvatlaymiz!

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz