
Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi doirasida hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi e’lon qilinmoqda.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi;
– “Inson huquqlari bolalar nigohida” mavzusida eng yaxshi rasm;
– Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
– Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘kuv adabiyotlari: bosma o‘quv adabiyot va elektron o‘quv adabiyoti;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi bilimdon;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi.
Talabgorlar tanlov ishlari, belgilangan namunadagi ariza (https://mega.nz/file/HApHUQqb#ag-3T3CxsXq2u7d9xFEpKJ9AFrJXt4aqgRNWTl3vFvg) va Nizom (https://uzedu.uz/uploads/downloads/V-JiAoAJEBh8GT_HbhnusGI7P1OvD76Q.pdf) bilan tanishib chiqib, arizalarni X.Davletov (https://t.me/xurshiddavletov) telegram manziliga yuborishingiz mumkin.
Tanlov g‘oliblari 2023-yil dekabr oyida o‘tkaziladigan “Xalqaro inson huquqlari kuni”da e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.