
18-22-sentabr kunlari Italiyada INMACOM hamkorlarining Politecnico di Torinoda konsorsium yig‘ilishi va O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yiladigan Fotonika va optik aloqa bo‘yicha yangi magistrlik dasturlari o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha trening mashg‘ulotlari bo'lib o'tadi. Ushbu yig'ilishda filialimiz v.v.b direktori O'.Matyokubov va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari Sh.Ismoilov ham ishtirok qilishmoqdalar.
INMACOM dasturining hamkorlari:
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti–koordinator
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
- Samarqand davlat universiteti
- TATU Urganch filiali
- Politecnico di Torino
- Gent universiteti
- Bryussel Vrije Universitet
- "MirSolar" MChJ
- UZTELECOM ning Xorazm filiali
- O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi