UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma /
Filialimiz iqtidorli talabasi Qozog'iston Respublikasining "Qo'shqanot" ijod jamgʻarmasining "Yuksak parvoz" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

"Kompyuter injiniringi" yo'nalishi sirtqi ta'lim 5-bosqich talabasi Qalandarov Shahzod Sharofiddinovich Qozogʻiston respublikasi "Qo'shqanot" ijod jamgʻarmasining №27 qaroriga asosan ta'sis etilgan "Yuksak parvoz" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Iqtidorli talabamiz Qalandarov Shahzod Sharofiddinovichning viloyat miqyosidagi turli xil gazeta va jurnallarda, Adolat SDP tomonidan nashr qilingan "Iste'dod gulshani" jamoa to'plamida ,2022-yil "Yeni Nefes-1" jamoa to'plami va "Türkçenin dünyadakí özbek sesí" nomli jamoa to'plamlarida she'rlaridan na'munalar keltirilgan. Shuningdek, 2021-yil "Yuragimni o'g'irlagan qiz" nomli shaxsiy to'plami nashr qilingan.
Iqtidorli talabamizga kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz !!!