UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Direktor masofaviy ta'limda tahsil oluvchi talabalar bilan uchrashdi


Direktor va Yoshlar uchrashuvi

Joriy yilning 7-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida masofaviy ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar bilan "Direktor va Yoshlar" uchrashuvi tashkil qilindi.

Uchrashuvda filial direktori Sh.Ismoilov yoshlar bilan muloqoti davomida, ularning taʼlim va tarbiyasiga hartomonlama koʻmaklashish, chet tillarini o'rganishning foydasi hamda hozirda IT sohasiga bo'lgan ehtiyoj yanada ortib borayotganligi to'grisida fikr mulohaza bildirdilar. 

Shuningdek, O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari O.Xolmuratov tomonidan masovaviy ta'limda o'qish jarayonlari bo'yicha to'liq ma'lumotlar va tavsiyalar berildi. Talabalarda mavjud muammolar tinglanib, ularni hal qilish bo'yicha yechimlar berildi. Talabalar o'zlari qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz