UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Covid-19 infektsiyasiga qarshi aholini emlash doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi


Kuni kecha  COVID-19 infektsiyasiga qarshi aholini emlashga jalb etish yuzasidan "Yuksalish" umummilliy harakati Xorazm viloyat hududiy boʼlinmasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boʼlimi bilan hamkorlikda  Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniringi  fakultet tyutorlari, dekan o`rinbosarlari, professor-oʼqituvchilari va talaba yoshlari uchun ochiq muloqot tadbirlari oʼtkazildi.

 

Muloqotni "Yuksalish" umummilliy harakati Xorazm viloyat hududiy boʼlinmasi bosh mutaxassisi Bobur Ismailov bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boʼlimi oʼrinbosari Otajanov Shonazarlar olib borishdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga tarqatma materiallar berildi hamda soʼrovnomalar olindi. Shuningdek ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis xodimlar tomonidan atroflicha javob berildi.

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz