UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tyutori N.Yakubova talabalar bilan “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati olib  bordi.

Dars davomida talabalarga giyohvandlikning paydo bo'lishi sabablari, uning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berildi va bunday illatga qarshi  kurashish choralari haqida  gapirib o'tildi. Mavzu taqdimot va videolavhalar yordamida  yanada kengroq yoritildi.

Shundan so'ng talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi. Talabalar “Giyohvandlik asr vabosi” shiorida o'zlariga kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz