UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / “Biz kelajak bunyodkorimiz” mavzusida esselar tanlovi g'oliblari


Xabaringiz bor, Oliy ta'lim muassasalarining bakalavr ta'lim yo'nalishi talabalari o'rtasida “Yangi O'zbekistonni o'zimiz-o'z qo'limiz bilan bunyod etamiz” shiori ostidagi Respublika esselar tanlovini tashkil etish va o'tkazish tartibi nizomga muvofiq filialimiz talabalari o'rtasida “Biz kelajak bunyodkorimiz” mavzusida esselar tanlovi bo'lib o'tdi. Fakultet bosqichida jami 68 nafar talaba qatnashib, ulardan eng yaxshilari Filial bosqichiga o'tkazildi. Filial bosqichida 

1-o’rinni Kompyuter injiniringi fakulteti 2-kurs talabasi Erkayeva Laylo

2-o’rinni Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 1-kurs talabasi Sultonmurodova Mashxura

3-o’rinni Kompyuter injiniringi fakulteti 3-kurs talabasi Rajapboyeva Sumbul egalladi.

Filial bosqichida g’olib bo’lgan talabalar Viloyat bosqichiga yo’l oldilar. G'oliblarga filial tomonidan diplom va estalik sovg'alari topshirildi. Talabalarimizga Viloyat bosqichida zafarlar tilab qolamiz!