UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga yordam


Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab quvvatlash boʻyicha Respublika komissiyasi kengaytirilgan yigʻilishining 1-sonli bayonida oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan (taʼlim shaklidan qatʼiy nazar) “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tartibda ularga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobarigacha toʻlovkontraktini toʻlab berilishini tashkillashtirish vazifasi belgilangan.

 Shu munosabat bilan TATU Urganch filiali filial Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Maqsuda Xudoyberganova, Kompyuter injineringi fakulteti dekan maslahatchisi Muyassar Allaberganova va Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti dekan maslahatchisi Madina Yangiboyevalar hukumatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar haqida davra suhbati o’tkazdilar. Davra suhbatida Talabalar turar joyi pedagog tarbiyachisi Muqaddas Bobojonova faol ishtirok qildi. Talaba qizlar o’zlarining qiziqtirgan  savollariga javob oldilar.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz