UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / “Aksilkorrupsiya oyligi” tadbirlari davom qilmoqda


 

2023-yil 14-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch   filialining Korrupsiyaga qarshi kurashish  “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 9-dekabr "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan filialda o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida Kompyuter injiniringi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan “Korrupsiyani birgalikda yengamiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Ataniyazov tomonidan ishtirokchilarga  korrupsion harakatlar, ularning yuzaga kelish sabablari va javobgarlik masalalari tushuntirib berildi.

Shuningdek korrupsiya va uning salbiy oqibatlari mavzusiga oid video rolik talabalarga namoyish etildi.

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz