UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Ajdodlarimiz merosini ulug'lab


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 541 yilligiga bag'ishlab tadbir bo'lib o'tdi. 

Tadbirda sheʼriyat mulkining sultoni, buyuk mutafakkir va davlat arbobi boʼlgan bobolarimizning asarlari chuqur mulohazalar bilan muhokama qilindi. Oʼzbek tili va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri I.Hajiyeva tomonidan bir qancha gʼazallar tahlil qilinib tushuntirib berildi.

 Tadbir davomida talabalarga Navoiyning va Boburning nafis ijodi va tasavvuf ilmiga boʼlgan yuksak hurmati borasidagi ijod namunalarini tinglovchilarga yuksak iftihor bilan yetkazib berdi. Shuningdek, bobolarimiz asarlaridagi ezgu gʼoyalardan yoshlarimizni bahramand etish, yigit-qizlarni buyuk ajdodlarimiz merosiga yuksak ehtirom ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilayotgan taʼkidlandi. 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz