UNIVERSITET YANGILIKLARI
Asosiy / Tuzilma / Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi


2022-2023 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus telegram-botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud:

Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishlari soʻralgan.Abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.