Union Committee
Home / Union Committee
  •  

     

    Jumaniyozov Fazliddin Bobojonovich

    Qabul vaqti: Dushanba – Juma 15:00 – 17:00

    Telefon: (99) 502-81-39

    E-mail:fazliddin.jumaniyozov@ubtuit.uz

     

     

    Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining faoliyati to‘g‘risida

    Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolarini mehnat faoliyatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy  manfaatlarini himoya qiladi.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasini professor – o‘qituvchilar, doktorantlar, ishchi xodimlar hamda universitetda ko‘p yillar davomida mehnat qilgan pensionerlar tashkil qiladi. Filiali kasaba uyushma tarkibi 5 ta faollardan iborat.

    Filiali rahbariyati xodimlarning manfaatlariga taalluqli bo‘lgan qarorlar qabul qilishdan oldin kasaba uyushma qo‘mitasi bilan birgalikda ish olib boradi. Kasaba uyushma qo‘mitasining takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqadi hamda mehnat masalalarida, universitet rahbariyati universitet faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha va boshqa ijtimoiy – siyosiy masalalar yuzasidan zarur bo‘lgan axborotlarni kasaba uyushma qo‘mitasiga taqdim etib boradi.

    Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasiga a’zo bo‘lgan xodimlar uchun:

    • millati, jinsi, yoshi va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar Kasaba uyushma a’zosining mehnat qilishi, ishni, kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitini yaratib berishi va ishsizlikdan himoya qilinishiga doir konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishiga;
    • insonning ma’naviy va jismoniy kuch quvvatlarining tiklanish vositasi bo‘lgan bo‘sh ish vaqtini ko‘paytirish va undan oqilona foydalanishga;
    • mehnat qonunchiligi, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish qonunlari, qoidalari va me’yorlariga rioya etilishiga;
    • sog‘lomlashtirish uchun baza yaratilishiga va zarur vositalar ajratilishiga;
    • ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadlarida jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzilishiga, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
    • davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash, Kasaba uyushma a’zolarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonun hamda boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilinishiga, barqaror, hamjihatlik va fuqorolar totuvligini saqlab qolishga;
    • mexnatga haq to‘lashning ijtimoiy adolatli tizimini joriy etilishiga;
    • ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga binoan kasaba uyushma a’zolarining malakasini oshirishga va kasb jihatidan qayta tayyorlashga erishishga intiladilar.

    Kasaba uyushma a’zolarining huquqlari va vazifalari:

    • kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir. Kasaba uyushmasi Ustavini tan oluvchi va uning talablarini bajaruvchi hamda a’zolik badallarini to‘lab boruvchi xodim kasaba uyushma a’zosi bo‘la oladi;
    • mehnat munosabatlariga oid masalalar yuzasidan, mulk shakllridan qat’iy nazar davlat, sud va xo‘jalik organlarida kasaba uyushmasining huquqiy yordamini olish va uning himoyasida bo‘lishi;
    • kasaba uyushmalari organlariga saylash va saylanishi;
    • kasaba uyushmalarining tadbirlarida ishtirok etish, o‘z fikrini erkin bayon qilish, o‘z faoliyatini va xulq-atvoriga taalluqli masala ko‘rib chiqilayotgan majlislar, yig‘ilishlar va konferensiyalarda shaxsan ishtirok etish;
    • yuqori kasaba uyushma qo‘mitalariga murojaat etish;
    • kasaba uyushmalari sihatgohlari, sanatoriyalar, sanatoriy-profilaktoriylari, dam olish bazalari, bolalar sog‘lomlashtirish lagerlariga davolanish va dam olish uchun imtiyozli tariflar bo‘yicha yo‘llanmalar olish.

    Kasaba uyushma qo‘mitasi universitet ma’muriyati bilan kelishilgan holda quyida keltirilgan qarorlarni ko‘rib chiqadi:

    • Mehnat sharoitini, mehnat xavfsizligi va muhofazasini yaxshilash;
    • Universitet xodimlarining ish bilan band bo‘lishi hamda ular uchun ijtimoiy imtiyozlarning kafolatlanishi;
    • Ishchi-xodimlar hamda talabalarni rag‘batlantirish va mukofotlash;
    • Universitet vakolatlari doirasida ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi boshqa muammolar bo‘yicha birgalikda kelishilgan qarorlar qabul qilish;
    • Filiali profilaktoriyasida davolanish uchun xodimlarga imtiyozli yo‘llanmalar berilishini ta’minlash;
    • Professor - o‘qituvchi va ishchi - xodimlarga «Bo‘stonliq» sport-sog‘lomlashtirish maskanida dam olish uchun beriladigan imtiyozli yo‘llanmalar ajratish.