Filial psixologi va xotin qizlar kengashi
Filial psixologi va xotin qizlar kengashi
Xudayberganova Maqsuda Jumaniyozovna
Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (9:00-16:30 gacha)
Telefon: +99899 347 33 79


Yangi qabul qilingan talabalarga filial psixologining ijtimoiy-psixologik faoliyati va psixologik xizmat turlari haqida maʼlumot berish maqsadida, 1-bosqich talabalari bilan yaqindan tanishib chiqildi.

Filial tuyutorlari bilan hamkorlikda mahorat darslari oʼtildi. Oiladagi zoʼravonlikdan jabr koʼrgan yoshlarni noxush holatlardan saqlash va ogʼir vaziyatdan chiqarishga qaratilgan psixologik xizmat tashkil etish maqsadida psixoprafilaktika ishlarini guruh tuyutorlari bilan hamkorlikda ishlash tizimi yoʼlga qoʼyildi.

Talabalarga ruhiy motivatsiya berish orqali ularda yuzaga kelayotgan tashqi va ichki zoʼriqishlarning oldini olish, psixolog tomonidan motivatsiya berish uchun, muntazam terapiya usullaridan (qoʼshiq, raqs, jismoniy tarbiya, mutoala, yoga, sayr va hokazo)lardan kun tartibi tuzish boʼyicha barcha bosqichlarda trening oʼtib kelinmoqda.

1-kurs talabalarining ijtimoiy-psixologik pasportini tuzildi.

Taʼlim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish va turmush qurish, oʼzaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda muntazam maslahatlar uyushtirib kelinmoqda.

Professor-oʼqituvchilar va ota-onalar uchun “Suitsidning psixofiziologik mexanizmlari” mavzusida kichik maʼruza tashkil etib, suitsidning oldini olish boʼyicha tushuntirish ishlarini tashkillashtirildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, nogironligi bor talabalarga ruhiy madad berish va ularni psixologik qoʼllab-quvvatlash maqsadida yakka suhbatlar olib borilmoqda.

            Professor-oʼqituvchilar, rahbar xodimlar, talaba-yoshlar murojaati bilan individual tarzda ishlash tizimi olib borilmoqda.

Filial talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan psixologik-psixoprafilaktik ishlar amalga oshirish uchun haftaning juma kuni TTJ da psixolog bilan uchrashuv kuni boʼlib oʼtadi.

 

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz