Director of the Urgench branch of the Tashkent University of Information Technologies
Director of the Urgench branch of the Tashkent University of Information Technologies
Baydjanov Maksudbek Islamdjanovich
Hours: Every day from 08:00 to 11:00
Telephone: (+99862)-224-61-32


Lavozim vazifalari:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

• Davlat taʼlim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

• Filial tarkibiy tuzilmasidagi barcha boʻlinmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy taʼlim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;

• Xodimlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, ijtimoiy muhofazasini taʼminlash, intizomiy jazo choralarini qoʻllash;

• Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash;

• Oʻquv-tarbiya jarayonida oʻqitishning ilgʻor shakllarini, shu jumladan, masofadan turib oʻqitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

• Talabalikka qabul qilish, oʻqishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini taʼminlash;

• Filialda mutaxassislar tayyorlanadigan yoʻnalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari, oʻquv adabiyotlarini takomillashtirib borishni taʼminlash, ilmiy izlanishlarni yoʻnaltirib borish;

• Marketing xizmatini rivojlantirib, taʼlim yoʻnalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni oʻrganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;

• Filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, oliy taʼlim muassasasi Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish,

• Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini taʼminlash, qoʻshma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;

• Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish; 

• Taʼlim jarayonini boshqarish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini taʼminlash.