Techno Center
Home / Techno Center
  • 2020 yilga qisqacha ma`lumot

    TATU texno markazi rezidenti Mustafo software MChJ 2020 yil jami 500 mln.lik shartnoma imzoladi, shundan utgan 6 oy davomida 410 mln.lik ish (Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan tuzildi) bajarildi. Bular:

    - aqlli maktab dasturi, ayni paytda pandemiyada maktab uquvchilarini elektron baholash yani elektron kundalik, elektron jurnal va online ta`lim;

    - buyurtma asosida mahsulot yetkazib berish xizmati;

    - kasalhonalarga aqlli tibbiyot dasturi: bemorlarni elektron ruyhatga olish, elektron navbat va boshqa jarayonlar ham dastur orqali amalga oshiriladi.

    Hozirda 2020 yil boshida tuzilgan shartnomalar pandemiya sabab qaytatdan kurib chiqilib, yil oxirigacha tushumni 600 mln.ga etkazish imkonimiz bor.

    Bugunki kunda dasturchilarni uqitish tizimi online tarzida olib borilyapdi bu esa auditoriya ishtirokchilarini kupaytirish imkoni berdi. yozgi ta`til davrida 5 sinfdan 11 sinfgacha bulgan bollarni mobil ilova yartishga uqitib yil oxirga bir necha mobil uyinlarni yaratish rejamiz bor.

    Maqola

                         

    Farg`onadagi «Aqlli maktab»larda o`quvchilar bilimini sun`iy intellekt baholamoqda

    Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov vazirlik tashabbusi bilan Farg`ona shahridagi 10 ta maktabda joriy etilgan «Aqlli maktab» dasturiy ta`minoti bo`yicha amalga oshirilgan ishlar bilan bevosita tanishish maqsadida Farg`ona shahrining 13-sonli umumta`lim maktabiga tashrif buyurdi.

    «Aqlli maktab» dasturi O`zbekistondagi mahalliy mutaxassislar tomonidan, jumladan “Mustafo Software” MChJ bilan Urganch davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali olim va professorlari hamkorlikda ishlab chiqilgan. «Aqlli maktab» dasturi maktablardagi ta`lim sifatining samaradorligi, o`qituvchilarning baholash tizimini shaffofligi va boshqa bir qancha ko`rsatkichlarni sun`iy tafakkur yordamida tahlil qilish imkonini beradi.

     

    Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov mamlakatimizda ta`lim sifatini yuqori darajaga ko`tarish, ta`lim tizimiga yuqori axborot texnologiyalari, xususan sun`iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish orqali yuqori bosqichga ko`tarish bugungi kunda eng muhim vazifalardan ekanligini, maktablardagi o`quvchilarni intellektual va jismoniy rivojlanishini ta`minlash, ularni kelajakda o`z qobiliyatlaridan to`liq foydalana olishlariga hamda jamiyatda o`z o`rinlarini topishga zamin yaratishini ta`kidladi.

    — «Aqlli maktab» dasturi joriy etilgan Farg`ona shahrining 10 ta maktabida o`zlashtirilishi qiyin bo`lgan mavzular fanlar kesimida aniqlanmoqda, — deydi maktab direktori Erkinoy G`aniyeva. — Mazkur tahlillar maktablarda fanlarning to`liq va sifatli o`zlashtirilishni ta`minlaydi. Aynan qiyin o`zlashtirilayotgan mavzular bo`yicha tizimli choralar ko`rilishi, darslarda nofaol bo`lgan va o`zlashtirishi past o`quvchilarni individual tarzda aniqlab berishi natijasida har bir o`quvchi bilan samarali ishlar tashkil qilinyapti. Ota-onalarni farzandining o`zlashtirishidagi o`zgarishlar to`g`risida mobil ilovada gistogramma shaklida muntazam ravishda xabardor qilish hamda muntazam dars qoldirayotgan o`quvchilarni aniqlash va uning sabablarini topishda o`qituvchi va ota-onalarga maslahatlar bera olish imkoniyatlari mavjud.

    «Aqlli maktab» dasturiga Farg`ona shahrida tanlangan 10 ta maktabdagi 969 nafar o`qituvchi va 18833 nafar o`quvchi kiritilgan bo`lib, shundan 135 nafar o`qituvchi va 2578 nafar o`quvchi 13-maktabga to`g`ri keladi.

     

    Shuningdek, Farg`ona shahri Xalq ta`limining Ta`lim sifati monitoringi va attestatsiya bo`limi boshlig`i G`ulomjon Ortiqov «Aqlli maktab» dasturining tahliliy ma`lumotlari asosida ta`lim sifatini nazorat qilish hamda dasturiy ta`minot ta`lim sifatini yanada oshirish imkoniyatlarini kengaytirishi to`g`risida o`z fikrlarini bayon etdi. “Ushbu dastur «maktab — o`quvchi — ota-ona» uchligini birlashtiradi. Bundan tashqari, onlayn darslar bo`yicha o`qituvchilar o`quvchilarni masofadan turib baholashlari hamda dasturning tahliliy ma`lumotlari asosida ta`lim sifatini nazorat qilish imkoniyatlari mavjud”, — dedi u.

    Aqlli maktab dasturi maktablarda ish jarayonlarini, jumladan yuritiladigan jurnal va kundalik hujjatlarini elektron shaklda yuritish va onlayn tahlil qilib borish uchun yaratilgan dasturiy ta`minot bo`lib, maktab direktori, direktor o`rinbosari, o`qituvchilar va boshqa ishchi xodimlar ishlarini avtomatlashtirish uchun xizmat qiladi. Tizim Sun`iy tafakkur tizimlarini (Assotsiativ qoidalar asosida izlash, vaqtli qatorlarni bashoratlash) qo`llagan xolda ta`lim tizimida o`quvchilarni bilim salohiyatini va jismoniy rivojlanishini onlayn tahlilini amalga oshirib boradi.

    Elektron jurnal, elektron kundalik, ota–ona bilan onlayn ma`lumot almashish, imtihonlar jadvali va natijalarini onlayn ko`rib borish imkoni, onlayn dars jadvali o`quvchilarni darslarga to`liq qatnashishi va o`zlashtirish samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi.

    Bolani yoshiga qarab jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarliklarini tahlil qilib boradi va bola me`yorlarga ko`ra qila olishi lozim bo`lgan jismoniy mashqlarni va bola salomatligini ta`minlash bo`yicha mashqlarni maslahat tariqasida bera oladi.

    O`qituvchilarga o`quvchilarni elektron jurnalda baholab borishi va ota-onalarga elektron kundaliklarni ko`rib borishi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida «Aqlli maktab» dasturi mobil ilovasi ham muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.

    Shuningdek, bugungi kunda «Aqlli maktab» dasturiga onlayn video darslardan va ta`lim tizimiga kerakli elektron ma`lumotlardan foydalanish maqsadida internetda mavjud guruh va kanallarni integratsiya qilish imkoniyati ham yaratilgan.

    Bugungi kunda «Aqlli maktab» loyihasini samaradorligini oshirish va undan sifatli foydalanish maqsadida 10 ta maktablarning barcha rahbar va pedagog xodimlari o`rtasida tushuntirish ishlari doimiy ravishda «Aqlli maktab» telegram guruhi orqali olib borilmoqda.

     

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz