E'lonlar
Asosiy / E'lonlar
  • “Ilm innovatsiya va taraqqiyot” videoroliklar ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi – yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularda innovatsion tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.

    Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
    “2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 7-iyundagi 310-sonli qarorining 22-bandiga muvofiq, Yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularda innovatsion tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

    “Ilm innovatsiya va taraqqiyot” videoroliklar ko‘rik-tanloviga 16 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan  iqtidorli yoshlar tomonidan tayyorlagan videoroliklar  boʻyicha arizalar qabul qilinadi.

    Tanlov NIZOMI

    KOʻRIK-TANLOV  YOʻNALISHLARI

    1. Buyuk ajdodlar merosi
    2. Innovatsion texnologiyalar
    3. Eng kreativ animatsion rolik

    Topshiriladigan videoroliklar shartlari:

    Videoroliklar ijrochilarining yoshi 16 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmasligi;

    Har  bir ishtirokchi  faqat bir yoʻnalishda, bitta videorolik bilan ishtirok etishi lozim;

    Taqdim etiladigan videoroliklar uchun quyidagi talablar mavjud:

    – davomiyligi eng kamida 1:30 dan 3:00 daqiqagacha davom etishi shart.

    – formati mp4  (FullHD 1920*1080), (1080R), (albom) shaklda boʻlishi

    lozim.

    Shunday videoroliklar qabul qilinadi:

    Bunday videoroliklar qabul qilinmaydi:

    -ovoz va video sifati yuqori darajada boʻlishi kerak

    Ko‘rik-tanlov doirasida videoroliklar boʻyicha arizalar 2022-yilning
    30-sentyabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

    Bunda vazirlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukni orqali ariza topshirishi lozim:

    Taqdim etilgan videoroliklar ko‘rik-tanlov nizomi talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, videorolikda koʻchirmachilikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmaganligi, belgilangan  yo‘nalishlarning biriga moslab shakllantirilganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.

    Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan videoroliklar ko‘rik-tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

    www.yoshlarakademiyasi.uz sayti orqali loyihalarni topshirish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha: (71) 203-32-23 Ichki raqam – (233).

© Copyright All Right Reserved 2020, by Ravshanbek Топ рейтинг www.uz