Chet el fuqarolari uchun ta’lim
Asosiy / Chet el fuqarolari uchun ta’lim
  •   Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida xorijiy fuqarolarni ta’lim jarayoniga jalb etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda TATU Urganch filialida jami 13 nafar xorijiy fuqarolar tahsil olayotgan bo‘lib, Turkmaniston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.  

      Xorijiy talabalarning yillik shartnoma to‘lovlari 1500 AQSH dollarini tashkil etadi.

      Xorijiy fuqarolar uchun TATU Urganch filialida “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Telekommunikatsion texnologiyalar”, “Axborot xavfsizligi”, “AKT sohasida kasb ta`limi” yo`nalishlarida bakalavr bosqichi va “Kompyuter injiniringi”, “Telekommunikatsion injiniring” yo`nalishlarida magistratura bosqichlarida tahsil olish imkoniyati mavjud. Bakalavr bosqichida tahsil olish 4 yil, magistraturada 2 yilni tashkil qiladi.

      Shuningdek, Filial geografik va xavfsizlik nuqtai nazaridan qulay joyda joylashgan. Urganch xalqaro aeroportidan Filialgacha bo`lgan masofa 1km, shahar markazigacha esa 2 kmni tashkil etadi. Shaxsiy va jamoat transporti uchun sharoitlar yaratilgan.

      Talabalar turar joyi sig`imidan kelib chiqqan holda xorijiy talabalar uchun yotoqxona ajratiladi. TTJning Filial hududida joylashganligi har tomonlama afzalliklarga ega. Talabalar uchun ma`naviy-ma`rifiy va dam olish xonalari mavjud.

      Xorijiy talabalarning kompyuter laboratoriyalari va axborot-resurs markazi materiallaridan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratilgan. Axborot-resurs markazida ilmiy, badiiy, publitsistik kitoblar, o`quv darsliklari, qo`llanmalar, gazeta va jurnallarning qog`oz va elektron jamlanmalari bazasi shakllantirilgan.