info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

"Jaholatga qarshi - ma'rifat" degan ulug`vor g`oya asosida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi va qonun ustuvorligini ta'minlash maqsadida "Ogohlik davr talabi" mavzuida davra suhbati o`tkazildi.

2019 yilning 17 sentyabr sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 sentyabrdagi "Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi PQ-4436-son qarorning ijrosini hamda jamiyatda "Jaholatga qarshi - ma'rifat" degan ulug`vor g`oya asosida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi va qonun ustuvorligini ta'minlash maqsadida "Ogohlik davr talabi" mavzuida davra suhbati o`tkazildi.

Davra suhbatiga viloyat ichki ishlar boshqarmasi, musulmonlar idorasi viloyat vakilligi, "Oila" ilmiy-amaliy markazi va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar taklif etildi.

admin | 18-09-2019 | 388